Namangan viloyati IIBga qarashli muassasalarda xavfsizlik chora-tadbirlari va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
Namangan viloyati IIB rahbariyati tomonidan shahar va tumanlardagi ichki ishlar bo‘limlari, shuningdek, boshqa ijtimoiy soha obyektlari bilan birgalikda tizimga qarashli muassasalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik darajasi atroflicha o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab borilmoqda.
Jumladan, boshqarma boshlig‘i Davlatobod tumanidagi vaqtincha saqlash hibsxonasi, Yangi Namangan tumanidagi maxsus qabulxona hamda voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazlarida bo‘lib, u yerlarda xodimlar uchun yaratilgan xizmat sharoitlari, u yerdagi shaxslarning saqlanish holati, xavfsizlik chora-tadbirlari va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik darajasi batafsil o‘rganildi.
O‘rganishlar jarayonida aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatda bartaraf etish yuzasidan masʼul rahbarlarga aniq topshiriqlar berildi. Shuningdek, isitish tizimlarining uzluksiz ishlashini doimiy nazoratda ushlab turish, yong‘in va texnik xavfsizlik qoidalariga qatʼiy rioya etish, shuningdek, kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha xodimlarga tegishli vazifalar yuklatildi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati