Namangan viloyati IIB rahbariyatining navbatdagi o‘rganishlari Norin tumanida bo‘lib o‘tdi
Boshqarma rahbariyati tomonidan hududlarda ichki ishlar organlari faoliyati tizimli ravishda o‘rganilmoqda. Ushbu jarayon xizmat samaradorligini oshirish, xodimlarning xizmat intizomi va aholi bilan ishlash tizimini yana-da takomillashtirishga, shuningdek, mahallalarda xavfsiz muhitni mustahkamlash hamda jinoyatchilikning oldini olishga xizmat qilmoqda.
Xususan, Norin tumanida olib borilgan o‘rganishlar davomida tungi vaqtlarda xizmat olib borayotgan naryadlarning faoliyati, shuningdek, ijtimoiy soha obyektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik darajasi atroflicha ko‘zdan kechirildi.
Dastlab tuman markazida xizmat olib borayotgan xodimlarga yo‘riqnoma o‘tkazilib, mahallalarda jinoyatchilikni oldini olish, huquqbuzarliklarga chek qo‘yish va aholi osoyishtaligini taʼminlash borasida aniq topshiriqlar berildi.
Shuningdek, tuman tibbiyot birlashmasining mavsumga tayyorgarlik holati o‘rganilib, shifoxonada aholiga yaratilgan shart-sharoitlar, isitish tizimining barqarorligi va yoqilg‘i zahiralarining saqlanish holati tekshirildi. Masʼul rahbarlarga mavsumni betalofat o‘tkazish va energiya taʼminotining uzluksizligini taʼminlash yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.
Shundan so‘ng, Qo‘riqlash bo‘limi faoliyati ham tahlil qilinib, kuz-qish mavsumida xizmat samaradorligini oshirish bo‘yicha zarur topshiriqlar belgilandi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati