Namangan viloyati IIB rahbariyati tomonidan Chust tumanida o‘rganish ishlari olib borildi
Namangan viloyati ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati tomonidan tizimli ravishda olib borilayotgan kompleks o‘rganish ishlari doirasida hududlarda tungi xizmat faoliyatining samarali tashkil etilishi, shuningdek, ijtimoiy soha obyektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati atroflicha o‘rganilmoqda.
Navbatdagi o‘rganish ishlari Chust tumanida o‘tkazilib, dastlab “Chust gulzori” mahallasi profilaktika inspektorining faoliyati ko‘zdan kechirildi. Mahallada xavfsiz muhitni taʼminlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab berildi. Shu bilan birga, mazkur hududdagi ko‘p qavatli uylarda amalga oshirilgan xavfsizlik chora-tadbirlari ham o‘rganildi.
Shuningdek, Qo‘riqlash bo‘limi xodimlarining jangovar shayligi va tashvish signali bo‘yicha harakatlari sinovdan o‘tkazildi. Ularga tungi vaqtlarda hushyorlikni oshirish, qo‘riqlanayotgan obyektlarni doimiy nazorat qilib borish hamda xizmat intizomini mustahkamlash bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.
Bundan tashqari, 52-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, yoqilg‘i zahiralarining saqlanishi, xonalarda tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi. Maʼusullarga mavsumni betalofat o‘tkazish, issiqlik tizimining uzluksiz ishlashini taʼminlash hamda yong‘in xavfsizligi talablariga qatʼiy rioya etish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati