Kosonsoy tuman IIB boshlig‘ining tuman aholisiga murojaati
Aziz yurtdoshlar, tumanimiz mehmonlari!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev raisligida “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish masalasi” yuzasidan o‘tkazilgan bir qator videoselektor yig‘ilishlar, Qaror hamda Farmonlar ijrosini taʼminlash maqsadida “Jinoyat haqiqati va adolati” tamoyili hamda “Maxallabay” ishlash tizimi asosida, jamoatchilik tuzilmalari bilan xamkorlikda huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida belgilab berilgan vazifalar bilan faoliyatimizni tubdan o‘zgartirib, umuman yangicha tizim yaratib berildi.
Bundan kelib chiqib, har bir jinoyatni kelib chiqish mexanizmi, sabablari va omillarini aholiga yetkazish orqali ularni huquqbuzarliklarga qarshi immunitetini shakllantirib, bir qator tezkor-profilaktik ishlar amalga oshirildi.
Aziz Kosonsoy tuman ahli!
“Yangi O‘zbekiston”da huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi kurashish ana shunday umummilliy dolzarb vazifaga aylantirildi.
Kosonsoy tumanidagi kriminogen vaziyat biznes muhitiga katta taʼsir ko‘rsatadi, uning o‘ziga xos, alohida yondashuv talab etadigan xususiyatlari bor.
Tumanimizda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlashning yangi mexanizmlari joriy etilayapti.
Bu ishlarimiz kundalik hayotda ham ko‘rinayapti, jinoyatlar uchun jazo muqarrarligini taʼminlash vazifasi qanchalik muhim bo‘lsa, ularni keltirib chiqarayotgan sabab va omillarini bartaraf qilish ham birdek muhimdir.
Shu bois, tumanning har bir ko‘chasida, mahallasida, bozorida, istirohat bog‘ida, jamoat joyida xavfsiz muhitni yaratish choralari ko‘rilayapti.
Tuman hududida joriy yilning 10 oyi yakuni bo‘yicha sodir etilgan jinoyatlarning tahliliga qaraydigan bo‘lsak,
2025 yil 10 oyida tumanimizda jami 198 ta jinoyatlar qayd etilib, 10,8 foizga kamaygan bo‘lib, har 100 ming aholi soniga o‘rtacha 85,17 tadan to‘g‘ri kelgan.
Jinoyat turlaridan, qotillik 100 foizga (0/2), oilaviy zo‘ravonlik 100 foizga (0/7), o‘g‘irlik 26,5 foizga (34/43), avtotransportlarni olib qochish 100 foizga (0/1) oshgan.
Shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar, guruhlar tomonidan 35,7 foizga (14/19) oshgan.
Tumandagi 56 ta mahallalardan 1 tasi “qizil”, 28 tasi “sariq” va 27 tasi “yashil” toifaga kiritilgan.
“Qizil” toifadagi mahalla “Yangishahar” Mahalla hududida oldini olish mumkin bo‘lgan eng ko‘p jinoyatlar O‘zbekiston (5 ta oldi olinadigan, 4 ta o‘g‘irlik, 1 ta oilaviy zo‘ravonlik), Yangi shahar (4 ta oldi olinadigan, 4 ta o‘g‘rilik), Bo‘ston (4 ta oldi olinadigan, 3 ta o‘g‘irlik, 1 ta oilaviy zo‘ravonlik) mahallarida sodir etilgan.
Qidiruvda bo‘lgan 41 nafar shaxslarning 23 nafari ushlanmasdan qolgan. Sodir etilgan jami 198 ta jinoyatlarning 9,5 foizi (19 ta) fosh etilmagan.
Qadrli yurtdoshlar!
Biz jinoyatchilikni jilovlashdek katta maqsadlarni o‘z oldimizga qo‘yganmiz.
2025-yil 3-yanvardagi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yana-da oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 1-son Qarori asosida jinoyatlarning sabablarinijj “mahallabay” va “sohabay” muhokama qilish tartibi, mahallalarni kriminogen darajasida toifalash tizimi, “mahalla yettiligi” instituti, “ijtimoiy profilaktika” tamoyili asosida huquqbuzarliklarning samarali profilaktikasini amalga oshirish orqali aholida xavfsizlik hissini shakllantirish borasida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Qarorga muvofiq har bir mahallada huquqbuzarlikning erta oldini olish, kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha yangi mexanizm joriy etildi, tuman prokuraturasida idoralararo muvofiqlashtiruvchi shtab faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Qaror ijrosi doirasida 2025-yil 10 oyi yakuniga ko‘ra tumandagi jami 56 ta mahallaning kriminogen vaziyati og‘ir 1 tasiga masʼul rahbar nomma-nom biriktirilgan.
Barcha tuman va mahallalarning choraklik manzilli chora-tadbirlar “yo‘l xaritalari” ishlab chiqildi.
“Yo‘l xaritasi” ijrosi yuzasidan mahallalardagi aholi gavjum joylarga 150 ta, ko‘p qavatli uylarning hovlisiga 360 daraja aylanuvchi 3 ta, mahallalarning asosiy kirish-chiqish joylariga 40 ta, bozor va savdo markazlariga yuzni va avtomobil raqamini tanib oluvchi 6 ta, jami bo‘lib 275 ga yaqin kameralar, ko‘p qavatli uylarning eshiklariga 30 dan ortiq domofonlar, uylarning kirish yo‘laklariga 7 dan ortiq tashvish tugmalari o‘rnatildi, 18 ta savdo muassasalari va qariyb 234 ta xonadonlar tezkor qo‘riqlovga olindi.
Mahallalarda fuqarolarni ogohlikka chaqiruvchi “Hudud kamera nazoratida!”, “Obyekt qo‘riqlovda!” hamda “Xonadon qo‘riqlovda!” kabi jami 436 ga yaqin stikerlar joylashtirildi, mahallalarda 24 ta “namunaviy xavfsiz ko‘cha” hamda 60 ta “namunaviy xavfsiz yo‘lak” tashkil etildi, ichki yo‘llar va ko‘chalar 213 ta yoritish vositalari bilan taʼminlandi.
Misol uchun, yil boshidan beri tumanda o‘rnatilgan kameralar yordamida qidiruvda bo‘lgan 2 nafar, jazodan bo‘yin tovlab kelayotgan probatsiya hisobidagi 2 nafar shaxslar hamda olib qochilgan 1 ta transport vositalari ushlandi. Shuningdek, 16 ta jinoyatlar “issiq izi”dan fosh etildi.
Qarorga asosan hududlarda kriminogen vaziyat hamda jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha kunlik so‘rov va o‘rganishlarni yo‘lga qo‘ydik.
Bunda, kriminogen vaziyati og‘ir mahallalarning jinoyat o‘choqlari joyida o‘rganilmoqda, misol uchun, tuman mahallalarida sodir etilgan oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar sabablari tahlil qilinib, tegishli taʼsir choralari qo‘llanildi.
Hududlarda sodir etilgan jinoyatlar xususiyatini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan 4-chorak uchun yo‘l xaritalari bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.
Shiddat bilan rivojlanayotgan yurtimizda insonlar ko‘proq pul topish bilan birga, noqonuniy boylik orttirishning yangi yo‘llarini ham o‘ylab topmoqdalar.
Keyingi vaqtlarda firibgarlik va o‘g‘rilik jinoyati oshayotgani ham bunga yaqqol misol bo‘ladi.
Firibgarlik va o‘g‘rilik jinoyatlari aksariyat hollarda axborot texnologiyalari va internet ijtimoiy tarmoqlari orqali sodir etilayotganligi tashvishli holdir.
So‘nggi vaqtlarda O‘zbekiston huquq idoralari ilgari duch kelmagan kiber makondagi jinoyatlar salmog‘i ortishi anchagina tashkiliy choralar ko‘rishni taqozo etadi.
Aziz tumandoshlar!
Sodir etilgan jinoyatning tahlillar asosida oila va turmushda sodir etilgan huquqbuzarliklarga oilaviy-maishiy muammolar asosiy sabab bo‘lganligi aniqlandi.
Shu sababli notinch, ajrim yoqasidagi oilalarning mavjud muammolarini bartaraf etish bo‘yicha boshqa idoralar va keng jamoatchilikni jalb qildik.
Natijada, o‘tkazilgan o‘rganishlarda kriminogen vaziyati og‘ir mahallalarda 310 ta ijtimoiy ko‘makka muhtoj xotin-qizlar aniqlanib, ularning muammolarini hal qilish bo‘yicha 263 ta choralar ko‘rildi.
Bulardan tashqari, 2.811 nafar ishsizlardan 1.472 nafari ishga joylashtirildi, 621 nafari kasbga o‘qitildi, 402 nafari esa kasbga yo‘naltirildi.
Ushbu jarayondan muqaddam sudlangan va maʼmuriy nazoratdagi shaxslar ham chetda qolmadi.
Ularning 5 nafari kasb-hunarga o‘qitildi, 6 nafarining bandligi taʼminlandi, 11 nafarining ijtimoiy muammolari hal etildi.
Yoshlar o‘rtasidagi jinoyatchilik masalasiga umummillat ishi deb yondashib, barcha birgalikda jon kuydirishi kerak.
Faqat jinoyat uchun jazoni taʼminlash bilan ovora bo‘lib, jinoyatlarning sabab va omillarini ko‘zdan qochirsak oqibati yomon bo‘ladi.
Shu kabi, voyaga yetmaganlar jinoyatiga favqulodda holat sifatida qaralib, ularga taʼlim va tarbiyani berishda majburiyatlarini bajarmagan ota-ona hamda yashash va o‘qish joylaridagi (mahalla yettiligi) mutasaddilarining javobgarligi kuchaytirildi.
Qolaversa, hokimlik va mahalla faollari bilan birgalikda ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan hamda boquvchisini yo‘qotgan bolalarning 37 ta muammosi hal qilindi.
Maktabgacha va maktab taʼlim muassasalarining kirish-chiqish joylariga xavfsizlikni taʼminlovchi 28 ta zamonaviy kameralar o‘rnatildi.
Hurmatli fuqarolar!
Juda ko‘p masalalarda ish uslublarimiz o‘zgarishi zarur, buning ustida ishlayapmiz. Prezidentimiz talab qilayotgan, jinoyatlarning oqibatlari emas, ularning sabablarini, huquqbuzaliklarga imkon beruvchi shart-sharoitlarni bartaraf qilishni ustuvor vazifa deb xalq bilan birgalikda harakat qilishimiz kerak.
Buning uchun, har bir mahalla, xonadongacha tushib, huquqbuzarlik omillarini aniqlashga eʼtiborimizni kuchaytiramiz, jinoyat sodir etgan va bunga moyilligi bor fuqarolar bilan uchrashuvlar o‘tkazib, “fuqarobay” ish tizimini joriy qilamiz.
Huquqbuzarlik va jinoyatga sabab bo‘layotgan oilaviy, ijtimoiy, moddiy va psixologik muammolarni hal qilishga, har bir fuqaroda “jinoyatchilikka qarshi immunitet”ni bolalikdan shakllantirishga alohida eʼtibor qaratamiz.
Aziz hamyurtlar!
Jinoyatlarga qarshi kurashda hamkor tashkilotlar hamda jamoatchilik ko‘magida jinoyatlarning har qanday ko‘rinishiga chek qo‘yishga kafolat beramiz.
Shunday ekan aholi va keng jamoatchilikni jinoyatlarni oldini olishga hamda ularni bartaraf etishga faol hamkorlikka chaqiramiz.
Shuni yana bir bor alohida qayd etamanki, jinoyatning har qanday ko‘rinishiga tezkor ravishda munosabat bildirishga, jinoyatga qo‘l urganlarga nisbatan jazoning muqarrar taʼminlanishiga shaxsan kafolat beraman.
Eʼtiboringiz uchun rahmat!
Kosonsoy tuman IIB boshlig‘i B.A.Qosimov