20 Oktyabr 2021 yil 688

Yuk mashinalari to‘qnashuvi oqibatida jaroxat olgan haydovchilardan biri vafot etdi

2021 yil 15 oktyabr' kuni soat 00:30 larda Toshkent-O‘sh yo‘lining 246 km.da, Pop tumani Qo‘shminor MFY hududida, Andijon viloyatida yashagan, 1992 yilda tug‘ilgan fuqaro Andijon viloyatida yashovchi, 1962 yilda tug‘ilgan fuqaroni nomida bo‘lgan Isuzu rusumli yuk avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, shu yo‘nalishda o‘zidan oldindan harakatlanib ketayotgan, Farg‘ona viloyatida yashovchi, 1989 yilda tug‘ilgan fuqaro boshqaruvidagi Kia-Bongo rusumli avtomashinasini orqa qismiga urilib, boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lning o‘rtasidagi temir to‘siqqa urilib, ag‘darilib ketgan.

Natijada, Isuzu rusumli yuk avtomashina haydovchisi olgan tan jarohati oqibatida shifoxonaga olib kelinayotgan vaqtida vafot etgan. Kia-Bongo rusumli avtomashina haydovchisi bosh miya lat yeyishi, boshini tepa qismi yirtilishi tashxisi bilan tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Ushbu holat bo‘yicha Pop tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 15 oktyabr' kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech