7 Oktyabr 2021 yil 193

Velosipedchi YTH sabab vafot etdi

2021 yil 6 oktyabr' kuni soat 11:00 larda, Pungon-G‘urumsaroy-Pop yo‘lining 25 km.da, Pop tumani Uyg‘ur MFY hududida, Pop tumanida yashovchi, 1997 yilda tug‘ilgan fuqaro Damas rusumli avtomashinani ishonch qog‘ozi bilan boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan velosipedchi, Pop tumanida yashovchi, 1994 yilda tug‘ilgan fuqaroni urib yuborgan.

Natijada, velosipedchi og‘ir tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan.

Ushbu holat bo‘yicha Pop tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 6 oktyabr' kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech