15 Yanvar 2022 yil 25

Uyning oshxonasidan “Marixuanna” topildi

2022 yil 5 yanvar kuni o‘tkazilayotgan “Xavfsiz hudud” oyligi tadbiri davomida, Kosonsoy tuman IIB HPMB profilaktika inspektorlari tomonidan, Kosonsoy tumanida yashovchi, 1970 yilda tug‘ilgan fuqaroning yashash uyi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, oshxonasidagi shisha idishlar solingan qoplar orqasida qora sellofan paketga o‘ralgan, o‘tkir hidli, ko‘kimtir rangli, giyohvand moddasiga o‘xshash moddalar borligi aniqlanib, tekshirib ko‘rish uchun tuman IIBga olingan.

Namangan viloyati IIB EKBning xulosasida, ushbu moddaning sof og‘irligi 12,43 gramm bo‘lgan “Marixuanna” giyohvandlik moddasi ekanligi ko‘rsatilgan.

Ushbu holat bo‘yicha Kosonsoy tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2022 yil 10 yanvar kuni O‘z.R JKning 276-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech