12 Yanvar 2022 yil 89

To‘qqizinchi sinf o‘quvchisi masjidda o‘g‘irlik qildi

2022 yil 9 yanvar kuni, Namangan shahar Davlatobod tumanida yashovchi, 1977 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 06:40 larda, Namangan shahar hududida joylashgan jom'e masjidiga namoz o‘qishga kelib, masjid kirish eshigidagi ilgichga egnidagi kurtkasini ilib kirib ketganligidan foydalangan noma'lum shaxs, kurtkasining cho‘ntagida bo‘lgan narxi 2.500.000 so‘mlik “ORRA-A54” rusumli telefon apparatini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Namangan shahar IIO FMB JQB katta tezkor vakili va HPMB profilaktika inspektorlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni Namangan shahrida ota-onasi qaramog‘ida yashovchi, Namangan shahridagi maktabning 9-sinf o‘quvchisi,
2006 yilda tug‘ilgan bola sodir etganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2022 yil 9 yanvar kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech