15 Yanvar 2022 yil 35

Telefon o‘g‘risi ushlandi

2022 yil 11 yanvar kuni, Namangan shahrida yashovchi, 1996 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 20:00 larda noma'lum shaxs, Namangan shahar hududida joylashgan sport zalidagi stol ustida qarovsiz qoldirgan, narxi 1.000.000 so‘mlik “Redmi A8” rusumli uyali telefon apparatini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Namangan shahar IIO FMB 2-sonli IIB JQB tezkor vakili tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni, Namangan shahrida yashovchi, 2003 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2022 yil 12 yanvar kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech