15 Yanvar 2022 yil 33

Qo‘shnilar janjali jinoyat bilan yakunlandi

2022 yil 8 yanvar kuni soat 22:00 larda, Namangan shahrida yashovchi, 1979 yilda tug‘ilgan fuqaro N.B. mast holda, mahallasida qo‘shnisi, 1964 yilda tug‘ilgan fuqaro Sh.X. va birga yashovchi turmush o‘rtog‘i, 1968 yilda tug‘ilgan M.A.lar bilan o‘zaro janjallashib, qo‘lida bo‘lgan yog‘och bo‘lagi bilan ularni bosh sohasiga urgan.

Natijada, Sh.X. va M.A.lar tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilganlar.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2022 yil 9 yanvar kuni O‘z.R JKning 104-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech