30 Oktyabr 2021 yil 335

Qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib ketgan “Kobalt” ikki kishining o‘limiga sabab bo‘ldi

2021 yil 27 oktyabr' kuni soat 16:30 larda, To‘raqo‘rg‘on tumani Langarbobo MFY hududida, To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1988 yilda tug‘ilgan fuqaro Kobalt rusumli avtomashinasini ishonch qog‘ozsiz boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib ketib, qarshisidan harakatlanib kelayotgan, To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1991 yilda tug‘ilgan fuqaro boshqaruvidagi Damas rusumli avtomashinasiga to‘qnashgan.

Natijada, Damas rusumli avtomashina salonida bo‘lgan yo‘lovchilar, To‘raqo‘rg‘on tumanida yashagan, 1987 yilda tug‘ilgan ayol va birga yashagan o‘g‘li,
olgan tan jarohati oqibatida voqea joyida vafot etgan.

Haydovchisi, bosh miya yopiq shikasti, qovurg‘a suyaklarini yopiq sinishi hamda yo‘lovchilari, To‘raqo‘rg‘on tumanda yashovchi, 1976 yilda tug‘ilgan ayol o‘ng oyoq boldir suyagini yopiq sinishi va qo‘shnilari, 1992 yilda tug‘ilgan ayol bosh miya yopiq shikasti, 1992 yilda ayol bosh miya og‘ir darajada lat yeyishi, o‘ng oyoq boldir suyagini chiqishi, qorin bo‘shlig‘i yopiq shikasti, 2019 yilda tug‘ilgan ayol peshona sohasi va ko‘krak qafasi lat yeyishi, 1991 yilda tug‘ilgan ayol bosh miya yopiq shikasti, 1957 yilda tug‘ilgan ayol o‘ng oyoq boldir suyagini yopiq sinishi, 1951 yilda tug‘ilgan ayol bosh miya ochiq shikasti tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilganlar.

Ushbu holat bo‘yicha To‘raqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 27 oktyabr' kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech