3 Yanvar 2022 yil 206

Piyoda YTH oqibatida voqea joyida vafot etdi

2021 yil 29 dekabr' kuni soat 17:30 larda, Yangiqo‘rg‘on tumani Mo‘g‘ol MFY ichki yo‘lida, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1997 yilda tug‘ilgan fuqaro Lasetti rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat havfsizligini ta'minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashagan, 1980 yilda tug‘ilgan fuqaroni urib yuborgan.

Natijada, piyoda olgan tan jarohati oqibatida voqea joyida vafot etgan.

Ushbu holat bo‘yicha Yangiqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 29 dekabr' kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech