9 Dekabr 2021 yil 128

O‘quvchi qiz YTH sabab vafot etdi

2021 yil 6 dekabr' kuni soat 09:00 larda, G‘urumsaroy-Xonobod-Chodak-Guliston yo‘lining 37 km.da, Pop tumani Guliston MFY hududida, Pop tumanida yashovchi, 1985 yilda tug‘ilgan fuqaro Damas rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda, Pop tumanida ota-onasi qaramog‘ida yashagan, tumandagi maktabning 6-sinfida o‘qigan, 2009 yilda tug‘ilgan qizni urib yuborgan.

Natijada, piyoda olgan og‘ir tan jarohati oqibatida shifoxonada vafot etgan.

Ushbu holat bo‘yicha Pop tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 6 dekabr' kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech