18 Aprel 2022 yil 113

O‘qishni ko‘chirish evaziga bir necha talabani “uxlatib ketgan” shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

2022 yil 17 mart kuni Norin tumanida yashovchi, Qirg‘iziston Respublikasi Osh davlat universitetining 2-bosqich talabasi, 1987 yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, 2021 yil sentyabr' va oktyabr' oylarida Andijon viloyatida yashovchi, 2021 yilda O‘z.R JKning 168-moddasi 2-qismi bilan sudlangan, 2001 yilda tug‘ilgan ayol uni ishonchiga kirib, o‘zi va bir necha sheriklarini o‘qishini O‘zbekiston Respublikasidagi oliy ta'lim muassasalariga ko‘chirib berishni aytib, jami 15.500 AQSh dollarini olib, ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2022 yil 16 aprel' kuni O‘z.R JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech