12 Yanvar 2022 yil 37

O‘n birinchi sinf o‘quvchisi o‘g‘irlik sodir etdi

2022 yil 9 yanvar kuni, To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1971 yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, shu yil 7 yanvar' kuni soat 01:00 dan soat 04:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma'lum shaxs, ko‘p qavatli uyining tashqi tomonida qarovsiz qoldirilgan narxi 300.000 so‘mlik “Norin” rusumli velosipedini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Olib  borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, arizachi bilan birga yashovchi, tumandagi maktabning 11-sinf o‘quvchisi sodir etganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha To‘raqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2022 yil 9 yanvar kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech