6 May 2022 yil 39

Muqaddam sudlangan shaxs yana o‘g‘irlik sodir etdi.

2022 yil 4 may kuni Namangan shahrida yashovchi, 1990 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 13:00 larda, Neksiya rusumli avtomashinasini Namangan shahar Uchqun MFY ko‘chasida joylashgan o‘ziga tegishli nonvoyxona oldida kalitini o‘zida, eshiklarini ochiq holda qarovsiz qoldirganligidan foydalangan noma'lum shaxs, avtomashinasini olib qochib ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Mazkur holat bo‘yicha viloyat IIB JXXvaJTSB PPXB 3-otryad xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni Namangan shahrida yashovchi, 2022 yilda O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan sudlangan, 1972 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etgani aniqlangan va Namangan shahar Davlatobod tumani Porloq mahallasi hududida harakatlanib ketayotgan vaqtida ushlangan.

Ushbu holat bo‘yicha shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 267-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, O‘z.R JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech