12 Yanvar 2022 yil 29

“Gashish” giyohvandlik moddasi saqlab kelayotgan shaxs qo‘lga olindi

2022 yil 8 yanvar kuni soat 23:30 larda, Namangan shahar IIO FMB JQB tezkor vakili tomonidan Davlatobod tumanida shubhali harakatlar sodir etgan, Namangan shahar Davlatobod tumanida yashovchi, 1985 yilda tug‘ilgan fuqaroning yoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, uni qo‘lida bo‘lgan qora rangli sellofan paket ichida o‘tkir hidli, to‘q jigarrang rangli modda borligi aniqlanib, tekshirib ko‘rish uchun olingan.

Namangan viloyati IIB EKBning xulosasiga ko‘ra, ushbu moddaning sof og‘irligi 102 gramm bo‘lgan “Gashish” giyohvandlik moddasi ekanligi  ko‘rsatilgan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2022 yil 9 yanvar kuni O‘z.R JKning 276-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech