14 Avgust 2021 yil 44

Fuqaro hamqishlog‘ini o‘roq bilan jarohatladi.

2021 yil 12 avgust kuni soat 18:50 larda, Norin tumanida yashovchi, 2001 yilda tug‘ilgan fuqaro B.N. Norin tumanida joylashgan fermer ho‘jaligi dala maydonida o‘t o‘rayotgan vaqtida dala maydoniga ekinlarini ko‘rish uchun kelgan, Norin tumanida yashovchi, 1996 yilda tug‘ilgan fuqaro A.R. bilan o‘zaro janjallashib, qo‘lida bo‘lgan o‘roq bilan ko‘krak qafasini orqa chap qismiga bir marotaba urgan.

Natijada, A.R. tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Ushbu holat bo‘yicha Norin tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 13 avgust kuni O‘z.R JKning 104-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech