30 Oktyabr 2021 yil 121

“Damas” urib yuborgan piyoda shifoxonada vafot etdi

2021 yil 25 oktyabr' kuni soat 15:30 larda, Chust tumani Ko‘ktosh mahallasida, Chust tumanida yashovchi, 1991 yilda tug‘ilgan fuqaro Damas rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda, Chust tumanida yashovchi, 1950 yilda tug‘ilgan fuqaroni urib yuborgan.

Natijada, piyoda chap qo‘l tirsak suyagini yopiq sinishi, bosh miya ochiq shikasti tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilib, shu yil 26 oktyabr' kuni ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan.

Ushbu holat bo‘yicha Chust tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 27 oktyabr' kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axbort xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech