1 Noyabr 2022 yil 60

Avtomashinada qolgan barmoq izlari orqali o‘g‘irlik fosh etildi.

Ichki ishlar organlariga murojaat qilgan ayol 2022 yil 29 oktyabr kuni, soat 12:00 larda nomaʼlum shaxs, Namangan shahridagi bozor oldida “Gentra” rusumli avtomashinasining chap eshigi qulfini buzish yo‘li orqali ochib, yukxonasida bo‘lgan narxi 750.000 so‘mlik ayollar kurtkasi va 1500 rubl pullarini o‘g‘irlab ketganligini maʼlum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Namangan shahar IIO FMB EKB katta eksperti tomonidan avtomashinani ko‘zdan kechirish davomida 3 dona qo‘l barmoq izlari olingan bo‘lib, ushbu izlardan ikki dona qo‘l barmoq izlari, Namangan shahar Taxtako‘prik MFY Uychi ko‘chasida yashovchi, 1989 yilda tug‘ilgan shaxsning chap qo‘li ko‘rsatgich va o‘rta barmoqlariga mos kelganligi aniqlangan.

Namangan shahar IIO FMB 1-sonli IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni sodir etgan shaxs aniqlanib, daliliy ashyo (ayollar kurtkasi) olingan.

Ushbu holat bo‘yicha shahar IIO FMB TB tomonidan 2022 yil 31 oktyabr kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech