15 Yanvar 2022 yil 126

Ag‘darilgan yuk avtomashinasining yo‘lovchisi vafot etdi

2022 yil 11 yanvar kuni soat 21:30 larda, Toshkent-O‘sh yo‘lining 221 km.da, Qo‘shminor MFY hududida, Buxoro viloyati Buxoro shahrida yashovchi, 1971 yilda tug‘ilgan fuqaro boshqaruvida bo‘lgan MChJga qarashli MAN rusumli yuk avtomashinani yo‘l varaqasi bilan Vodiy-Toshkent yo‘nalishida boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo‘lning o‘ng chetiga chiqib ketib, boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi chuqurga tushib ketgan.

Natijada, avtomashinada bo‘lgan yo‘lovchi, Buxoro viloyati Buxoro shahrida yashagan, 1974 yilda tug‘ilgan fuqaro voqea joyida vafot etgan.

Avtomashina haydovchisi bosh miya chayqalishi, bosh miya yopiq shikasti, qo‘shma shikast tashxisi bilan tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Ushbu holat bo‘yicha Pop tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2022 yil 12 yanvar kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech