29 Oktyabr 2021 yil 152

7 sinf o‘quvchisi YTX oqibatida shifoxonada vafot etdi

2021 yil 21 oktyabr' kuni soat 15:00 larda, Uchqo‘rg‘on tumani Qumto‘g‘on MFY Yangiobod ko‘chasida, Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1996 yilda tug‘ilgan fuqaro Neksiya-3 rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat havfsizligini ta'minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda, Uchqo‘rg‘on tumanida yashagan, tumandagi maktabning 7-sinf o‘quvchisi, 2008 yilda tug‘ilgan bolani urib yuborgan.

Natijada, velosipedchi olgan tan jarohati oqibatida shifoxonada vafot etgan.

Ushbu holat bo‘yicha Uchqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 21 oktyabr' kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech