15 Yanvar 2022 yil 35

7-sinf o‘quvchi avtomashina o‘g‘irladi

2022 yil 11 yanvar kuni, Kosonsoy tumanida yashovchi, 1981 yilda tug‘ilgan fuqaro viloyat IIB 102-tizimi operatoriga murojaat qilib, shu yil 10 yanvar kuni soat 20:30 dan shu kuni soat 07:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida, tegishli hujjatlarsiz boshqaruvida bo‘lgan Toshkent viloyati Toshkent tumanida yashovchi, 1960 yilda tug‘ilgan fuqaroni nomida bo‘lgan, oq rangli, VAZ-21011 rusumli avtomashinani yashash uyi oldida eshiklarini ochiq holda kalitini o‘zida qoldirib, yashash uyiga kirib ketganliginidan foydalangan noma'lum shaxs avtomashinasini olib qochib ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Mazkur holat bo‘yicha viloyat hududida “To‘sib ushlash” maxsus rejasi harakatga keltirilib, olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Kosonsoy tumanida ota-onasi qaramog‘ida yashovchi, tumandagi maktabning 7-sinf o‘quvchisi, 2008 yilda tug‘ilgan bola sodir etganligi aniqlanib, avtomashinani o‘zboshimchalik bilan haydab, voqea joyidan taxminan 800 metr uzoqlikdagi, Kosonsoy tumani hududida yo‘l chetida avtomashina o‘chib qolganligi sababli qayta yurgiza olmay, shu yerga tashlab ketganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Kosonsoy tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2022 yil 11 yanvar kuni O‘z.R JKning 267-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech