13 Noyabr 2021 yil 100

7 million so‘mga baholangan go‘dak

Joriy yil 8 noyabr' kuni, Kosonsoy tumanida yashovchi, 1990 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, Mingbuloq tumanida yashovchi, 1984 yilda tug‘ilgan ayol 11.06.2021 yilda tug‘ilgan qizini 7.000.000 so‘mga sotmoqchiligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Mazkur ariza yuzasidan shu kuni viloyat IIB va tuman IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida, ayol qizini yashash uyi oldida arizachiga 7.000.000 so‘mga sotishga kelishib, 3 mln so‘m va 100 AQSh dollarini olayotgan vaqtida ushlangan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 135-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech