15 Yanvar 2022 yil 32

12 million so‘mlik g‘aynoli qoqilari o‘g‘irlab ketildi

2022 yil 10 yanvar kuni, Chortoq tumanida yashovchi, 1978 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil 6 yanvar kunidan 10 yanvar kunigacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma'lum shahs, yashash uyi hovlisiga devor o‘ralmagan joyidan kirib, molxonasida bo‘lgan umumiy narxi 12.000.000 so‘mlik 18 ta qopdagi 900 kg. g‘aynoli qoqilarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Chortoq tumanida yashovchi, 1994 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Chortoq tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2022 yil 11 yanvar kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech